***
San'at va o'ziga xoslikni izlash
(esse)
Vashingtondagi Korkoran galereyasi Lotin Amerikasi zamonaviy san'ati ko'rgazmasi tarixida Lotin Amerikasi rassomlarining fikrlarini yetkazish uchun berilgan kamdan-kam imkoniyatdir. Galeriyaga kelib ko'zlaringiz bilan ko'ring, tasavvuringiz bilan his qiling. Mashaqqatli mehnat, nozik tuyg'u va xolis aql nigohi tufayli Jeyn Livingston va uning xodimlari yigirma besh rassomning ishlarini umumiy ma'noda birlashtira oldi. Ulardan ba'zilari allaqachon e'tirof etilgan, boshqalari esa, ko'pchilikka notanish, tanqidga ham, jamoatchilikka ham ma'lum bo'lmagan qo'riq edi. Shu ma'noda ko'rgazma haqiqiy kashfiyotdir desam mubolag'a qilmasman. Men taniqli rassomlarni muhokama qilmoqchi emasman: bu sahifalarning maqsadi mutlaqo o'zgacha, ha, men bu borada mutaxassis emasman. Qolaversa, bu kabi eslatmalarda yigirma besh xil nomning hammasini ham qog'ozga muhrlay olmaysiz. Bodler yoki Apollinerning "salonlar" haqidagi yilnomalarini o'qing, shunda siz hatto eng zo'r shoirlar ham bu janrning illatlaridan qochib qutula olmasligini ko'rasiz - ulardagi muloyim aylanmalar, shoshqaloq umumlashmalar, bema'ni maqtovlar va qat'iy jumlalar bilan bitilgan cheksiz ro'yxatlar qanchalik zerikarli ekanligini ko'rasiz. Aksincha, bu buyuk shoir va tanqidchilarning ikkalasi ham o'zlarining alohida e'tiboridan bahramand bo'lgan san'atkorlar haqida gap ketganda, deyarli har doim iqtiboslar nishoniga tushadilar. Holbuki, haqiqiy tanqid hamdardlik va siz hukm qilayotgan narsalarga tez-tez qaytishdan tug'iladi. Shu ma'noda men ko'rgazmaga taqdim etilgan rassomlar haqida ortiq gapira olmayman va bunday niyatim ham yo'q, shunga qaramay baribir ko'rgazma haqida umumiy fikr bildirishga jur'at etaman. Tanlov hay'ati talabchan va ayni paytda aniq xarakterga ega rassomlarning ishlarini qamrab olganligi bilan, boy ansamblga va rang-barang o'ziga xoslikka erishgan. Ko'rgazma davomida tomoshabinning ko'zlari va aqli bir necha bor hayratda qoladi: chunki hamma narsa jonli, notinch, harakatchan haqiqatni aks ettiradi. Rassomlarning aksariyati - bunda zamonaviy san'atning umumiy tendensiyasiga zid - "karyera" uchun emas, balki ichki ehtiyojdan kelib chiqqan holda muyqalam yuritganini ko'rish mumkin. Aniqroq aytaman: ko'pincha ularga zarracha e'tibor bermaydigan haqiqat oldida o'zini himoya qilish va ifoda etish zaruratidan bu san'at ishlari yaralgangan bo'lsa ajab emas. Ko'rgazmaga qo'yilgan ko'plab asarlar yirik san'at markazlaridan uzoqda, yolg'izlikda, qashshoqlikda va umidsizlikda yaratilganini unutib bo'lmaydi. Yo'q, bu ko'rgazmada atrofdan ko'ngli to'lgan odamlarni emas, tinimsiz izlanishdagi ijodkorlarni ko'rasiz.
Ekspozitsiya Martin Ramiresning rangli rasmlari bilan ochilishi ham bejiz emas. Ramires salaf yoki ajdod emas: u timsol. U mutlaqo noma'lum yashagan va faqat 1970-yilda, o'limidan o'n yil o'tgachgina mashhurlikka erishdi. Bilishimcha, Ramires 1885-yilda Xalisko okrugida tug'ilgan. Qaysi joyda, men bilmayman - ehtimol kichik qishloqdadir. Menimcha, u dalada, keyin kir yuvishda ishlagan; 20-asrning boshlarida, Meksika inqilobining o'rtasida, ochlikdan yarim o'lik holga kelgan Ramires Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tdi. Ko'pgina vatandoshlari singari u ham bir muddat temiryo'lchi bo'lgan; ongdagi buzilishlar va gallyusinatsiyalarning kuchayishi tufayli ishni tark etishga majbur bo'ldi. Uning marshrutlarini tiklash oson emas, lekin ma'lumki, taxminan 1915-yilgacha u deyarli jamoatchilikka sezilmay yurgan, ko'p yillar davomida u ko'chalarni behuda kezgan, ba'zan ishlagan va ko'pincha sadaqa bilan yashagan, oxir oqibat Los-Anjeles rasmiylari uni hibsga olishgan. U Pershing - Kvadratdagi an'anaviy migrantlar va tilanchilar boshpanasida istiqomat qilgan. Shifokorlarning tashxisi uning ertasiga hes qanday umid qoldirmadi: davolab bo'lmaydigan paranoid shizofreniya tashxisi qo'yildi unga. Ramires Kaliforniyadagi De Vitt kasalxonasiga olib borildi, u yerda rassom hayotining so'nggi o'ttiz yilini o'tkazdi va 1960-yilda shu yerda yolg'izlikda vafot etdi. Ramires shu so'ngi yillarda odamlarga hech qachon gapirmay qo'ydi, lekin 1945-yildan u rangli qalamlar bilan chizish va rang berishni boshladi. Bunday qarorda uning holatining ramziy yozuvi va rassomning shaxsiyatining kaliti mavjud: u so'zni rad etdi, lekin ifodani emas. U hokimiyatdan yashirincha rasm chizgan, chunki nazoratchilar
binolarda tozalikka rioya qilib, ular kun davomida bemorlar tomonidan yaratilgan hamma narsani yo'q qilishardi. O'limidan bir necha yil oldin, Ramiresning omadi keldi: uni qo'riqchi farishtasi doktor Tarmo Pasto unga psixiatrlik qildi. Bir kuni professor Sakramento universiteti talabalari bilan kasalxonaga tashrif buyurganda Ramiresning oldiga bordi va undan ko'ylagi ostiga yashirgan o'ralgan chizmalarini oldi. O'sha kundan boshlab shifokor tez-tez uning oldiga bordi va Ramiresda doimo yetarli miqdorda qog'oz, rangli qalam va boshqa materiallar bo'lishiga ishonch hosil qildi. Shifokor darrov hayratlanarli tushuncha va hayratlanarli saxiylik bilan bemorining ajoyib rassom ekanligini angladi. Pasto Ramiresning ko'plab rasmlarini to'pladi va ularni turli rassomlarga, jumladan Jim Nutt va uning rafiqasi Gledis Nilsonga ko'rsatdi. Yana bir yaqin tanishi, art-diler Fillis Kind bilan birgalikda Sakramentoda Ramiresning birinchi ko'rgazmasini, so'ngra Chikago, Nyu-York, London va boshqa shaharlarda ko'rgazmalarini tashkil qilishda bosh-qosh bo'ldi.
Ramires ijodida ruhiy kasallar san'atining yana bir namunasini ko'rish vasvasasini darhol rad etish kerak. Avvalo, “kasal” so'zi nimani anglatishini aniqlab bo'lmaydi – va bu aniqroq bo'lishi dargumon. Boshqa tomondan, san'at ibtidoiy va yangi davr o'rtasidagi farqni sezmagandek, salomatlik va kasallik o'rtasidagi nozik chegaralarni ham sezmaydi, yoki, aniqroq aytganda, o'ta nozik chegaralarni sezmaydi. Ramiresda, uning ruhiy og'ishlari qanday bo'lishidan qat'i nazar, bizni faqat bir narsa qiziqtiradi - bu ham bo'lsa, u yaratgan narsaning badiiy qiymatidir. U haqida nozik tushuncha va tuyg'u bilan yozgan ingliz san'atshunosi Rojer Kardinal uning chizmalari va kompozitsiyalarining sof vizual va plastik (shuningdek, she'riy) xususiyatlarini ta'kidlaydi*. Bu xususiyatar uni ruhiy tushkunlik qurboni bo'lgan boshqa rassomlardan yaqqol ajratib turadi. Ramiresning dunyosi - va uning san'atida o'ziga xos dunyo paydo bo'ladi - bu haqiqatga tegishli bo'lgan, ozgina o'zgargan, osongina tanib olinadigan narsalar bilan to'ldirilgan dunyoki, siz uni darhol ilg'aysiz. Keyinchalik, bular nafaqat tasvirlar, balki sirru-sinoatlar ham ekanligini noaniq taxmin qilasiz: ular rassomning hayotiy tajribasini abadiylashtiradi va uni yomon ko'zlardan himoya qiladi. Ramiresning kompozitsiyalari xotiralarda u yashagan va orzu qilgan narsalarni qayta uyg'otadi: bu yerda pulemyot kamarlari bilan bog'langan hirqiragan otdagi chavandoz (bu kabi bosmachilar yoki partizanlarni, u yoshligida, urush yillarida ko'rgan bo'lishi kerak, masalan, Meksika inqilobida), cheksiz suv o'tkazgichlari, qishloq cherkovi, soqov tekislikni kesib o'tuvchi gazlangan parovoz, ko'priklar, shaharlar, bog'lar, ayollar, ha, ko'proq ayollar, birlamchi voqelikning sirli qiyofasi - ayol qiyofasining dastlabki boshlanishi va bu kompozitsiyalarni bir-biriga bog'lab turadigan omillar uning ijodini mohiyatini aks ettiradi. Gvadalupe ayolining boshqalarga nisbatan qadimiyroq bo'lgan atributlari, masalan, ma'buda Isisning tojli iloni va quyosh nurlari aks etgan kartinalar uning boy dunyosini ochib beradi. Bu yerda hech narsa shizofreniyaga uchragan odamni va qamalgan to'rtta devorni ham, paranoyaning ko'zgu galereyalarini ham eslatmaydi: bizning oldimizda uzoq o'tmishning yo'qolgan dunyosi va boshqa dunyoga yashirin yo'llar tirilishi namoyon bo'ladi. Bu boshqa dunyo nima? Aytish qiyin. Unga sirli yo'l olib boradi: uzun tunnel va qorong'i tuynuk. Erotik va bashoratli ochilish joyidan vahiylar paydo bo'ladi va rassom chiqish yo'lini qidirib tushgan joydan yoal ko'rinadi. Ramiresning rasmlari ziyorat haqidagi hikoyalardir desam yanglishmasam kerak.
Ularga qarab men yana bir g'ayrioddiy rassom - Richard Daddni esladim negadir. Ammo bu holatlar bir xil emas: Dadd ham aqldan ozgan rassom, Ramires esa rassom bo'lib aqldan ozgan odam. Dadd boshpanada o'zining rassom ekanligini eslaydi va eng yaxshi ajoyib kartinalarini yaratadi,Ramires esa kasalxonada rasm chizishni kashf etadi va undan o'zini-o'zi yengish uchun foydalanadi. Kardinal haqli ravishda Ramiresning autizmi mutlaq emasligini ta'kidlaydi. To'g'ri: u qayta-qayta yolg'izlikni yengadi va bir kuni doktor Pastoni yo'lda ushlab oladi va uning oldida chizmalarini ochadi, keyin esa unga yangi kompozitsiyani yaratish uchun imkon berishini so'radi. Chizish va aynan rasm chizish haqiqatining o'zi autizmdan chiqish yo'li, muloqot qilishga urinishdir aslida. Ammo aloqa shifrlangani rost. Shu ma'noda, Ramiresning kompozitsiyalari san'atning ikki tomonlama vazifasiga to'liq javob beradi: muloqotning odatiy shakllarini yo'q qilish va yangilarini yaratishga bo'lgan intilish ko'rinadi unda.
Doktor Pastoning fikricha, Ramiresning ruhiy buzilishi, hech bo'lmaganda qisman, begona, tushunarsiz madaniyat bilan to'qnashuvga bo'lgan munosabatdir. Shuni qo'shimcha qilish kerakki, u Meksikani qiyin, shafqatsiz vaqtlarda tark etgan. Shunday qilib, o'sha paytda ham uning hayotiga ikki tomonlama, ko'p yo'nalishli zarba bo'lgan, bu esa uning hayotida keyingi hamma narsani belgilab berdi. Meksikadan qochib ketayotib, u tez orada paranoyaning o'ta og'ir va beshafqat shaklini tashqi tortishuv bilan o'ziga qabul qildi, bu esa, mutelik va tashqi dunyo bilan aloqalarni uzish, qarama-qarshilikka intilish, izolyasiya bilan shizofreniya ustidan g'alaba qozonishiga olib keldi. Ammo paranoyya ham, shizofreniya ham tasnifning faqat bo'limlari xolos, tashxislar, yorliqlar o'z yo'liga ruhiy hayot esa, har qanday tasniflardan tashqarida ochiladi. Shuni unutmaslik kerakki, Ramires san'ati dastlabki ziddiyatni yengib chiqadi: bu xabar, lekin ramziy xabar, shifrlanishi kerak bo'lgan belgi shubhasiz.
Ramires timsolning bir turi. Uni ilhomlantirgan ko'p qirrali intilish - o'ziga shoang'ish va dunyoga shoshilish - g'ayrioddiy drama bilan ispaniyaliklar qayerda yashamasin, ular boshidan kechirgan vaziyatni ko'rsatadi. Albatta, Ramires alohida, anomal holat, lekin bu anomaliya majoziy ma'noda Lotin Amerikasidagi har bir rassomning taqdirini o'zida mujassam etgan. Taqdiri mushtarak bo'lgan har bir rassom, bunga turlicha munosabat bildirishlari aniq: zero bu holatni har bir ijodkor o'ziga xos tarzda idrok etadi va uning javobi, agar chinakam bo'lsa, hamisha yagona va o'ziga xosdir. Tomoshabin bunga ko'rgazma zallarini kezib bemalol ishonch hosil qilishi mumkin. Ba'zilarning javobi din va urf-odatlar bilan oziqlanadi: ularning kartinalarida Lotin Amerikasidagi sinkretik xalq e'tiqodlari tasvirlari paydo bo'ladi, ammo his qilish uslubi va ifodalash usullari hozirgi kunga tegishligini his qilasiz. Ular uchun din o'zlarining kartinalari va ulardagi shakllar va shu bilan birga bu shakllardagi odamning qiyofasiki, ular Shimoliy Amerikadagi hamkasblaridan farqli o'laroq, uni deyarli hech qachon tasvirlamaydilar - ular uni yuksaltiradilar yoki buzadilar, lekin har qanday holatda ham uni o'zgartirishlari bilan o'ziga xos munosabatda bo'ladilar. Ularning asarlari zamonaviy shaharning yashirin g'azabiga javob, boshqalarining asarlari esa ko'cha hayotiga satira yoki kundalik hayotdagi mo'jizalarni qo'lga kiritishga urinish bo'lib, bular san'atdagi buyuk an'analarning yigirmanchi asrdagi davomidir; nihoyat, ba'zi ustalar mo'jizani shahar joylarida emas, balki kelib chiqishiga ko'ra, qadimgi Afro-Kuba afsonalarining vataniga, Meksika katolikligining bokira qizlari va avliyolariga qaytib ish ko'radi. Ularda satira, g'azab, kufr, hurmat: norozilik va qarama-qarshilikni ifodalovchi shakllar va boshqa chiziqlar, hajmlar va ranglar borki, bularning bari bir olam. Yer osti yo'laklari va g'or tasvirlari ham shubhasiz Lotin Amerikasi san'atining timsoli hisoblanadi.
Yer ostiga kirish joyi epifaniya va g'oyib bo'lish joyidir. Qorong'i qadamlarda ong elementlarning so'qir manbalari va ruhiy yo'l boshi aks etadi, shu bilan birga, chuqurlikda ko'milgan tasvirlar quyosh nurini izlab ko'tariladi. Yigirmanchi asr san'ati tarixida tubsizlikdan paydo bo'ladigan tasvirlarga bo'lgan ishtiyoq syurrealistlarni birinchi navbatda ajratib ko'rsatadi. Ayniqsa, Lotin Amerikalik ikki rassom Matta va Lamda, shuningdek, syurrealist Tamayoda** bu kabi holatlar o'zining cho'qqisiga ko'tarilganligi bilan ajralib turadi. Har uchala rassom ham shubhasiz san'atning sehrgarlari, arvohlarni tiriltirish va chaqirish san'atining ustalari kabi gavdalanadi.
Syurrealistlar obrazi va uyg'onish davri neoplatonistlariga mansub faylasuflar va rassomlar o'rtasidagi munosabatlar har tomonlama hozirgacha o'rganilmagan, ammo ular yetarlicha aniq bog'liqlikka egaligi seziladi. Zamonaviy tanqid 15-asrning neoplatonik va germetik Florensiyasida paydo bo'lganligi aytiladi, har holda, romantizm kabi ma'naviy va badiiy harakatlarni oziqlantirgan va 20-asrda ramziylik, syurrealizm ko'rinishida paydo bo'lgan an'anamizning tub mohiyatini tobora ko'proq e'tirof etayotgan va boshqa oqimlarning tub ildizlari bizga ravshan. Lotin Amerikasi rassomlarining ko'rgazmasini yuzaki tekshirish ham bizni o'zga an'analar ham borligiga ishontiradi: ular fotografik realizm, minimalizm, pop-art, neo-ekspressionizm va so'nggi yigirma yildagi boshqa tendensiyalarga yaqin emas. Ha, ular Shimoliy Amerikaning ba'zi rassomlari, masalan, Devid Xokni*** kabi AQShda yashovchi rassomlardan ma'lum qarzga ega, ammo inson qiyofasi haqidagi umumiy g'oya ularni Matta va Lam kabi shu an'anaga yashirin bog'liqlikka ega ijodkorlar bilan chuqur bog'laydi. Ularning tasvirlari xuddi shu qorong;i tunnelga kirish joyidan ko'tariladi.
Qadimgi odamlar uchun ruhning tutqun tanasi va tashqi dunyo o'rtasidagi ko'prik bo'lgani kabi ular ham shu kabi an'analar bilan uzviy bog'langan. Shoir yoki syurrealist rassom uchun tushdagi tasvir ong osti tubidan kelgan xabardir. She'riyat, san'at azaldan jamiyat ta'qiqlari va tuzumlari bilan chuqurlikda ko'milgan yashirin - istak, tasavvurni o'zgartirishga va ozod qilishga intiladi. Lotin Amerikasi rassomlarining suratlaridagi tasvirlarning chayqalishi tashvishga solishi mumkin. Ular qasos iyerogliflari va shu bilan birga tushuncha, qulflangan eshikni taqillatishdir. Bu kartinalar metafizika emas, onglangan bilim emas, she'riy tahqirlash emas. Yo'q, bu juda qadimiy va chuqurlikdan chiqib keladigan narsa: tasvirlar, tumorlar, qurbongohlar, portretlar, o'xshashliklar, fetishlar - sig'inish va ag'darish obyektlari barcha-barchasi ramzlar kalitidir. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, bu yerda har ikki dunyo o'rtasida vositachilik yotadi. Rassomlarimiz asarlarida Shimoliy Amerika san'atining teskari tomonini aks ettirganini qanday qilib ko'rmasligimiz mumkin? Ha, ularda tashqi ko'rinishi xiralashgan, ammo ravshan xususiyatlar ajralib turadi. Bizning oldimizda tasvir san'ati - yopiq fazoviy shakl emas, balki hamma joyda tarqalayotgan radiatsiyani inkishof etgan san'at sifatida namoyon bo'ladi.
Mexiko, 7-iyul, 1986-yil
Rus tilidan Sherzod Komil Xalil tarjimasi
Izohlar:
*Oktavio Pazning "Vuyelta" jurnalidagi maqolasiga qarang, 1986-yil, №112. - Muallifning eslatmasi.
**Vifredo Lam (1902-1982) - kubalik rassom, Fransiyada ishlagan; Roberto Matta (1911-2002) - fransuz rassomi, asli Chili; Rufino Tamayo (1899/1900-1991), meksikalik rassom. Eslatma bizniki.
*** Devid Xokni (1937-yilda tug;ilgan) - ingliz grafik rassomi. - Eslatma bizniki.
Свидетельство о публикации №122050905408