Yaxshiyam yonimda sen borsan
Boqsam men koziga qizarar yuzi.
Konglim osmonining yorqin yulduzi,
Qalbimni zabt etgan dildorsan,
Yaxshiyam baxtimga sen borsan.
Hayotda uchrasa bizga muammo,
Sen mening sevgimga ishon doimo.
Atrofda gozallar kopdir lek ammo,
Muhabbat bogimda tanho gulzorsan,
Yaxshiyam baxtimga sen borsan.
Sen mening farishtam, umr yoldoshim,
Ozing yaqin dostim, yolgiz sirdoshim.
Kurashishga qolmasa bazan bardoshim,
Qaddim tik tutish chun menga madorsan,
Yaxshiyam yonimda sen borsan.
Rozgor uchun otin chop, ariq kech
Yashash ogir, birimiz ikki bolmas hech.
Ish bilan bolib uyga kelsam kech
Onam kabi yolimga intizorsan,
Yaxshiyam yonimda sen borsan.
Nima qildim sen uchun jufti-halolim,
Tor uyim ichida nochor ahvolim.
Biroq sen xursandsan negadir doim
Qishning azobida kulgan bahorsan,
Yaxshiyam baxtimga sen borsan.
Tilayman baxtimiz but bolsin bizni
Birga ostiraylik ogil-u qizni
Bosib otsin bizlar qoldirgan izni
Bolalar boynida turgan tumorsan,
Yaxshiyam baxtimga sen borsan,
Baxtimiz boynida turgan tumorsan,
Yaxshiyam yonimda sen borsan.
Свидетельство о публикации №121011203760