Hurriyat Muhammedova xotirasiga
Jonim sani o'tdimi jonon bo'lgan paytlaring,
Ko'z uchi qarashlari osman bo'lgan paytlaring.
Sochlari tolim-tolim beliga tushib turgan,
Qoshlari qayrilmali kamon bo'lgan paytlaring.
Endi ortga qaytmasmi, visolsiz kechalarda,
Jismimga o'tlar yoqib yomon bo'lgan paytlaring.
Oh u damlar soz edi, kunlar bahor-yoz edi,
Faqat mani o'zimga tomon bo'lgan paytlaring.
Оshiq bo'lib kechirgil, Sherzod g'azal bitmabdi,
Go'zallardan go'zalroq zamon bo'lgan paytlaring.
2006
Свидетельство о публикации №111111706643