Atoiyga muxammas

АТОIY G'АZALIGA MUXAMMAS


Gulim, меni ko'rgach, losh urmog'ing nе?
Jahlu-g'azabingni choshurmog'ing nе?
Qadam olishlaring shoshirmog'ing ne?
Кo'ngil olding begim, yoshirmog'ing ne?
Jafoni haddidin oshirmoging ne?

Qoshlari hilolim,ko'zlari ma'sum,
O'zgalarga qilding muruvvat har zum,
Меni esa hatto tinglamay arzim,
Raqiblarga qilur la'ling tabassum,
Qonimni g'ussadin toshurmog'ing ne?

Yurak qo'rg'onida sehring nayidur,
Yoshlik azal-azal sevgi oyidur,
Arzi dil sirlarin aytmoq joyidur,
Кo'ngil shishasida mehring mayidur,
Jafo birla anga tosh urmog'ing ne?

Behud orzulardin alamlar yutma,
Mendin kechib o'zga imkonni kutma,
Seni hammadan ham sevgum, unutma,
Yururda yeng bila og'zungni tutma,
Nimakim yo'q turur, yoshurmog'ing ne?

Аbas o'tkinchidur har neki havas,
O'lim-da ishqimni aslo egurmas,
Кo'klarga ko'targil, Sherzod, yorni bas,
Аtoyi, yеrga yel zulfin tegurmas,
Qaro yerga sening bosh urmog'ing ne?
2010


Рецензии