***
Meni faylasuf deb qarshilar ular;
Oqartirgan kuyi tonglarni giryon,
Men ham she'r yozaman holbuki tunlar.
Goho shoirlikdan qolganda ko'ngil,
Faylasuflar aro axtarsam hamdam;
Ular-da ko'nglimni injitib yohu,
Meni atasharlar shoiri olam.
Bu holdan hayronu lolman ey, Tangrim,
Bilmam qay ko'ngillar doiriman men;
Balkim, shoirlarning faylasufiman,
Balkim, faylasuflar shoiriman men.
2010
Свидетельство о публикации №110122306849