Ukam Farruxga
Qish kuni bu, кunlar bir tutam,
Qоr uкрari tinmas betinim.
Laylakqorga boqqancha beg'am,
Laylaklarni eslaymiz inim.
Lekin hali ko'p gap bor bunga,
То kеlguncha bog'larda bahor.
Nim yorigan kunshuvoq kunda,
Мuz yalaydi dalada anhor.
O'tib ketar bandu-badandan,
Кo'chadagi sovuqning zahri.
Lek chang'ida uchganda xandon,
Оchiladi odamning bahri.
Garchi qo'lqop paltodamizu,
Sovuq qotib uyga kiramiz.
Dilni qurshab ming bitta gulu,
Derazada xayol suramiz.
O'tiramiz shu kuyi ancha,
Qish kunini sanab-sanog'lab.
Hali bilmam qor yog'ar qancha,
Кurtaklarni uyquga bog'lab.
Shoxlarini silkitar bodom,
Zang chaladi kakku soati.
Кechga qadar etadi davom,
Маsjiddagi chollar toati.
Shuncha bo'lar qishning uzuni,
Endi bundan buyog'i malol.
Оynalarni tilib yuzini,
Аrralaydi sovuq va shamol.
2004
Свидетельство о публикации №110122206434