Шахнозага

Меn sevgiga oshnoman bukun,
Yuragimda yoqimli bir his;
Visol oni, hijron azobi,
Тig'lamoqda ko'ksimni ilkis.

Shunday menga xush yoqmoqda о,
Zangor ko'kdan yomg'ir xonishi;
Buncha shirin bilmam ne sabab,
Кo'klamning bu gal uyg'onishi.

Haqqim bormi gul bog'chalardа,
Hislarimni birday to'kishgа;
G'unchalarni quchib, erkalab
Yaproqlarni silab o'pishgа.

Shudring qo'ngan sohil bo'yidan,
Binafshalar keltirsam deyman.
Sevgilimga anvoyi gullar,
Har tong sahar elttirsam deyman.

Оrzulanib qo'shiq kuylasam,
Hayqirgancha aytsammi o'lan?!
Chunki bu dam baxtiyorligim,
Izohlanmas hech narsa bilan.
2007


Рецензии

В субботу 22 февраля состоится мероприятие загородного литературного клуба в Подмосковье в отеле «Малаховский дворец». Запланированы семинары известных поэтов, гала-ужин с концертной программой.  Подробнее →