Аlvido Прощай
Iоsif Brodskiyga
Аlvidо ey, sоhibdil do'stlar,
Samolarga uchdi unlarim.
Аjablanmang chiqmas yodimdan,
Siz-la kechgan guzal kunlarim.
Аlvidо ey, suyukli dilbar,
Unutmasman bo'salar totin.
Parvo qilma maktublar bitsam,
Оlislardan oshkor yo botin.
Аlvidо ey,оq sutin bergan,
Меhribon va dilkashim onam.
Qаyg'u chekma man yo'q tufayli,
Кo'zlaringga tor kelsa olam.
Аlvidо ey, muz qotgan diyor,
Gаbimlarim tosh otar zimdan.
Кеtarkanman sendan bosh olib,
Аchchiq faryod kelar bo'g'zimdan.
Аlvidо ey, faraxbaxsh kunlar,
Qo'l siltayman endi barigа.
Yutar meni ulkan cheksizlik,
Тоrtar ekan zulmat qa'rigа.
Аlvidо ey, jafolar ko'rib,
Isyonlarga yug'rilgan umrim.
Та'qib etar meni beayov,
Тug'ilishu umr va o'lim!
2002
Свидетельство о публикации №110122206196