Suygan qizim
Muhabbat bir ezgu dard edi.
Bu dunyoda nima bo'lsa ham,
Uylanmog'im unga shart edi.
Ko'zim ochib yorug' olamdan,
Izlab-izlab topganim o'sha.
Mahshargacha uning ortidan,
Yalangoyoq chopganim o'sha.
Iqbolimning saodat baxti,
Uni mendan ayirmang ota.
Etishayin uning vasliga,
Qanotimni qayirmang ota.
Sho'rishlarni solib boshimga,
Hayotimni aylamang taxir.
Odamzodni mayda hislardan,
Chin muhabbat qutqazgay axir.
Siz qaytarmang mening orzumdan,
Maqsad tomon boshlasa yo'lim.
Sevgisiz bu - dunyo puch narsa,
Muhabbatsiz hayot bu - o'lim!
2010.
Свидетельство о публикации №110110205907