Ketmadinggiz
Eshiginggizga izlab necha bora borgandim,
Yorim bo'ling deb meni qanchalar yolvorgandim,
Ketdik desаm bu erdan nechun siz ketmadinggiz,
Hamma narsa etganda menga siz etmadinggiz.
Endi bilsam muhabbat tutqich bermas qush ekan,
Orzularim amalga oshmaydigan tush ekan,
Bilmayman yuraginggiz o'zi kimga xush ekan,
Ketdik desаm bu erdan nechun siz ketmadinggiz,
Hamma narsa etganda menga siz etmadinggiz.
Asta-asta yig'ilib yo'qlarim bor bo'ldilar,
Menga ozor berganlar o'zlari xor bo'ldilar,
O'rninggizga azizam o'zgalar yor bo'ldilar,
Ketdik desаm bu erdan nechun siz ketmadinggiz,
Hamma narsa etganda menga siz etmadinggiz.
Sevgi degan sohir his qaysi go'shada qoldi,
Yulduzlar to'la osmon o'sh kechada qoldi,
Ko'nglinggizga qo'l solib ko'nglim ko'chada qoldi,
Ketdik desаm bu erdan nechun siz ketmadinggiz,
Hamma narsa etganda menga siz etmadinggiz.
Bu qanday armon o'zi, bu qandayin kez boldi,
Sizga tergan gullarim rangi xazonrez bo'ldi,
Nima bo'lgan bo'lsa ham, afsus juda tez bo'ldi,
Ketdik desаm bu erdan nechun siz ketmadinggiz,
Hamma narsa etganda menga siz etmadinggiz.
2009
Свидетельство о публикации №110020704442