Onamga xat
Qadrdonimsiz,
Meni jonajon;
Xudo asrasin,
Sizni onajon.
Men sizdan olis,
Uzoqlardaman.
Goh erkin, gohi
Tuzoqlardaman.
Sog’insam sizni,
Bora olmayman.
O’zgaga ko’ngil,
Yora olmayman.
Yuragim ochsam,
Dil dardim og’ir.
Hayot bunchalar,
Dilgir va olg’ir.
Yo’qsa o meni,
Ne xudo urdi;
Jondek do’stlarim,
Mendan yuz burdi.
Diloromlarim,
Tashlab ketdilar.
Qaboqlarimni,
Yoshlab ketdilar.
Alal-oqibat,
Yolg’iz qoldim men.
Bor alamimni,
Maydan oldim men.
Umrim bema'ni,
Ne topdim oxir.
She'riyatimdan,
O’zga yo’q sohir.
Yaxshiyam siz bor,
Menga jonajon.
Xudo asrasin,
Sizni onajon.
2006.
Свидетельство о публикации №108071200994
mani ismim Sherzod, she'rlarim sizga yoqqanidan xursandman. Manga o'ziz haqizda yozib yuborsanggiz xursand bo'lardim. Mani e-mailim sherzodkomilkhalil@yandex.ru Sizga hurmat bilan Sherzod Komil Khalil!
Шерзод Комил Халил 26.10.2010 08:31 Заявить о нарушении