Село
Sayohat na'vida netay betinim,
O`zga go`shalarni kezdim ko`p uzoq.
Endi ta'surotlar og’ushida jim,
Yana quchog’ingga qaytaman qishloq.
Axir ayt, bag’ringsiz qayga bo`shatay,
Shahar shovqinidan to`ngan dilimni.
Manzillar oralab kelganman atay,
Unutarmidim men tuqqan elimni.
Qay sarhad bo`lmasin mukarram derlar,
Odamzod palagi yozilgan tuproq.
Va lekin do`stlarim menga bu erlar,
Qadrdon tuyular har nedan ko`proq .
Bahorgi sellarning toshqin mahali,
Bo`tana to`lqinlar oqqan soylar bu.
Hali unutmadim, yodimda hali,
Ajib bolaligim kechgan joylar bu.
Qanday shoshqin edim, qanday sho`x edim,
Eslayman hali g’o`r yigit yoshimda.
Seni uchratdimu qay kun malagim,
Muhabbat tashvishi tushdi boshimga.
Sokin xilvatlarda shodumon-xurram,
Visol onlarini o`tkazdik birga.
Xushvaqt u kunlarni eslasam bu dam,
Enib kelaverar bari xotirga.
Yana uchrashmoqlik etgay deb nasib,
Qishloq quchog’ingga talpinaman mast.
Sog’ingan do`stlarim bag’riga bosib,
Osmonu-falakka ko`taradi dast.
Qaysi bir hovlidan yangraydi o`lan,
Qizchalar nigohi aytadi dilroz.
Tandirdan uzilgan issiq non bilan,
Onam yo`llarimga chiqadi peshvoz.
Salqin sohillarni qo`yniga chorlab,
Elda shovullaydi daraxtlar shoyon.
Arzanda o`g’lini qutlab, erkalab,
Go`shalarin ochar yana har oshyon.
Ko`zlarimga g’oyat go`zaldir olam,
Ko`p ezgu sharofat ko`rsatding menga.
Ey qishloq, kun kelib qaniydi men ham,
Arziy olsam edi iltifotingga.
2001.
Свидетельство о публикации №108070800764