Diloromga
Diloromga
Bilmayman qaysi payt, qaysi zamona,
Osmon moviy edi, qo`ng’ir er edi.
Seni dunyolarga bermas jonona,
Meni Sherzod Komil Xalil der edi.
Shundan buyon o`zi qancha vaqt o`tdi,
Qancha zamon o`tdi men bilmay qoldim.
Meni daholikning da'vosi tutdi,
O`zimni telbalik dardiga soldim.
Zarra ko`rinmadi mening ko`zimga,
Sen uchun chekilgan ayriliq,g’amlar.
Azizam, men nega kelmay o`zimga,
Mendan yiroq bukun otashin damlar.
Balki shundan qaro kiygan kunduzim,
Balki shundan dunyo yodimdan o`chdi.
Osmonga qaragil mening yulduzim,
Osmonga qaragil yulduzim uchdi.
Endi shodlantirmas navqironligim,
Endi to`lqinlatmas yoshligim behud.
O, o`tkinchi umrguzaronligim,
Chin ishqni ilg’amay o`tibdi mahdud.
Endi nima bo`lar buyog’i - hayot,
Endi nima bo`lar o`zi bilmayman.
O, menga suyukli bo`lgan barhayot,
Sendan boshqasini nazar ilmayman.
Agar shunday qilsam,men-da zil ketgan,
Agar shunday qilsam -o`zimni inkor.
Azizam, ishongil, umrim el ketgan,
Azizam, ishongil, yashashim bekor!
2006.
Свидетельство о публикации №108070800753