Элегия
(Elegiya)
Daftarim betida g’amnishin qaydlar,
Bugunim ortidan shoshmoqda ertam.
Sen yaxshi bilasan axir bir paytlar,
Shodumon kunlarim bor edi erkam.
Musaffo ko`nglimda yo`q edi dog’lar,
Yoqut yulduzlarga boqardim sirli.
Muhabbat-la o`tgan o, o`shal chog’lar,
Hayotim bor edi chindan arzirli.
Chindan sevar edim borlig’im bilan,
Visol oqshomlarin intiq xushlardim.
Qaro ko`zlaringga boqqancha teran,
Nozik siynalaring sekin ushlardim.
O, qanday sururbaxsh edi u onlar,
Bog’larni kezardik poyi-piyoda.
Nega tushunmadi bizni insonlar,
Biz baxtli bo`lmadik nega dunyoda?!
Siylamadi hayot bizlarni nechun,
Nechun yo`llarimiz tushdilar ayro?!
Devorga suyanib o`ylayman bukun,
Shundq ma'nisizmi taqdirimiz yo?!
Naysonlar ko`rdikmi dunyoga kelib,
Yillar zalvorini etyapmizmi his?..
Zirapcha misoli ko`ksimiz tilib,
Shundoq o`tib borar nahot umrimiz?!
Vujudimiz g’amdan bo`lmoqda lohas,
Kun sayin dilimiz poralar kudrat;
Bas etar qiynog’ing, etar endi bas,
Endi madad bergil ilohiy qudrat.
Holimiz ne kechar yo`qsa hasratda,
Shundoq jonga tegdi yashamoq mungli;
Garchand xudosan-ku, xudosan xudo,
Axir temir emas odamzod ko`ngli.
2001.
Свидетельство о публикации №108070800750