Vodiylarda qorong ulik cho kmoqda

       ***

       Vodiylarda qorong’ulik cho`kmoqda,

       Oqshom quyuladi erigan mumdek;

       Ikkimizga nigor tanish so`qmoqda,

       Bu kech nechun yana xayolga cho`mdik.

 

       Nechun ruhimizga vahm solar tun,

       Nechun chor-atrofda zulmat tumani.

       Suyla-chi go`zalim, nechun men bukun,

       Yo`qotib qo`yishdan qo`rqaman sani.

 

       So`yla-chi, yuragim nedan bezovta,

       Nechun o`rmalaydi dilimda g’ashlik.

       Holbuki, yarashmas tan bersam dovga,

       Holbuki, quvnoqlik ayyomi yoshlik.

 

       O, bu savollarning oddiy sababi,

       Bas, etar so`zlama, bilaman dildor.

       Hali o`rtamizda zil xarsang kabi,

       Sevgimiz yo`lida to`g’anoqlar bor.

 

       Dod solsak arziydi:-dod, ulardan dod,

       Buzmoqlik na hojat inson ahdini;

       Ular bilarmikan axir odamzod,

       Faqat muhabbatda topar baxtini...

       2001.

 


Рецензии
Muhabbat haqidagi bunday go'zal she'rlar hammamizga muborak bo'lsin.

Ойгул Асилбек Кизи   12.07.2008 08:48     Заявить о нарушении