Tog dagi uyda
Shamol turdi dahshat naqadar,
Qor quyunni qildi chirpirak.
Yomg’ir quyib paydarma- paydar,
Dovul qoqdi momaguldirak.
Derazada turgan shag’amni,
O`chirdiyu oniy bir suron.
Olis uyda yiroq kulbamni,
Tomlarini uchirdi bo`ron.
Ne qilardim hammaga kelgan,
Ko`rgilik shu: nadomat, afsus.
Hisor tog’da bilmagan-bilgan,
Tayyorgarlik ko`rmagan maxsus.
Taskin topmay ko`nglimga huyt-hayt,
Yomg’ir tunda bo`ldim ovvora.
Tog’ yo`lidan qarasam bir payt,
Tashqarida o`zga manzara.
Yo xudoyim ne hol ittifoq,
O`zni sezdim kaltabin, omi.
Qandoq bo`lsa turardi shundoq,
Hashamatli uylarning tomi.
Kimga aytay bundan arz-da'vo,
Men yurtimning tog’u-toshida.
Hamma dardni nahotki xudo,
Kambag’alning solsa boshiga.
Bu xo`rlikdan qichqirgum purg’am,
Kimga kerak bu nash'u-namo;
Ovoz yirtib hayqiray desam,
Bulut bilan to`silgan samo!
2005.
Свидетельство о публикации №108070800735